Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida
“Ixtirochilikka qadam” tanlovi o‘tkaziladi
Tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, jumladan, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, davlat va nodavlat umumta’lim maktablarining 5-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlov vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan maktab o‘quvchilari orasidan iqtidorli yoshlarni izlab topish va ularni o‘zlari qiziqqan sohalarga yo‘naltirish, ilmiy-texnik ijodkorligi va ixtirochiligini rag‘batlantirish, innovatsion faolligini oshirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘quvchilar maxsus onlayn platformada ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
Tanlov ishtirokchilari individual yoki jamoa sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Bunda, jamoa a’zolarining soni 3 nafardan oshmasligi lozim.
Tanlovda har bir jamoa yoki individual ishtirokchi barcha bosqichlarda ro‘yxatdan o‘tgan loyihasi bo‘yicha ishtirok etadi.
Bunda, ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichlarida loyihani rivojlantirib borishlari mumkin.
Tanlovning bir bosqichidan keyingi bosqichiga o‘tish vaqtida loyihani kuchaytirish maqsadida jamoaga belgilangan miqdordan oshmagan holda qo‘shimcha ishtirokchi jalb etish mumkin.
Bunda, jamoaning dastlabki a’zolari o‘zgartirilmaydi.