Ikkinchi (tuman/shahar) bosqich uchun
baholash mezoni

1
Loyihaning mavzu va yo‘nalishga mosligi (1-10 ball)

Ushbu mezon bilan loyihaning tanlov yo‘nalishlariga mos kelishi baholanadi. Bu ko‘rsatkich o‘quvchining tanlovga to‘g‘ri tayyorlanganligini, tanlagan yo‘nalishini qay darajada o‘rganib chiqqanligini ko‘rsatadi. Loyiha tanlov yo‘nalishlariga mos bo‘lsa yuqori ball beriladi.

  • 1-3 ball: Loyiha tayyorlangan, lekin tanlov yo‘nalishlariga mos kelmagan, asosiy maqsad va mavzu aks ettirilmagan.
  • 4-6 ball: Loyiha qisman tanlov yo‘nalishlariga mos, ammo tanlangan yo‘nalish chuqur o‘rganib chiqilmagan.
  • 7-10 ball: Loyiha tanlov yo‘nalishlariga mos, tanlangan yo‘nalish chuqur o‘rganib chiqilgan va mavjud muammolar to‘liq ko‘rsatib berilgan.
2
Loyiha taqdimoti (1-25 ball)

Loyiha taqdimoti (prezintatsiya)ning barcha berilgan talablar asosida sifatli tayyorlanganligi, loyihaning mazmuni asosiy ma’lumotlar (misollar) bilan sodda va tushunarli tarzda yoritilishi, savollarga aniq javob bera olishi, taqdimot jarayonida o‘zini tutishi, qiziqarli, mahoratli tushuntirishi hamda vaqt reglamentiga to‘liq rioya qilishi yuqori ball bilan baholanadi.

  • 1-6 ball: Taqdimot talablar asosida tayyorlanmagan, loyiha sodda va aniq tushuntirilmagan. Texnik jihatdan sust yondashilgan yoki yarim tayyor loyiha, ko‘plab xatoliklar mavjud. Vaqt reglamentiga rioya etilmagan.
  • 7-12 ball: Loyiha sodda va aniq tushuntirilgan, savollarga to‘g‘ri va aniq javob berilmagan. Ishtirokchilarning texnik ko‘nikmalari qisman namoyon bo‘lgan, ammo ba’zi xatoliklar mavjud. Vaqt reglamentiga rioya etilmagan.
  • 13-18 ball: Taqdimot mantiqiy ketma-ketlikda to‘g‘ri tayyorlangan, loyihaning asosiy mazmuni yoritib berilgan va vaqt reglamentiga rioya qilingan, ammo ishtirokchilar savollarga to‘liq javob bera olmagan. Loyiha texnik jihatdan yaxshi yoritilgan, lekin ba’zi elementlar hisobga olinmagan.
  •  
3
Loyihaning texnik jihatdan sifatli va puxta tayyorlanganligi (1-25 ball)

Loyiha modeli (dasturiy, virtual ishlanmasi, maketi va hokazo) sifatli va puxta ishlab chiqilganligi hamda amaliy jihatdan ishlab chiqilganlik darajasi. Tayyor holatdagi ishlanmalarga yuqori ball beriladi.

  • 1-6 ball: Texnik jihatdan sust yondashilgan yoki amaliy ishlanmalar (dasturiy, virtual ishlanmasi, maketi va hokazo) mavjud emas.
  • 7-12 ball: Ishtirokchilarning amaliy ishlanmalari (dasturiy, virtual ishlanmasi, maketi va hokazo) qisman tayyorlangan yoki yarim tayyor holatda. Loyihada texnik kamchiliklar mavjud yoki tayyorlangan model ishchi holatda emas.
  • 13-18 ball: Ishtirokchilarning amaliy ishlanmalari (dasturiy, virtual ishlanmasi, maketi va hokazo) deyarli tayyor holatda. Loyiha modeli (dasturiy, virtual ishlanmasi, maketi va hokazo) ishchi holatda ammo ba’zi texnik kamchiliklar mavjud.
  • 19-25 ball: Ishtirokchilarning amaliy ishlanmalari (dasturiy, virtual ishlanmasi, maketi va hokazo) to‘liq tayyor holatda. Loyiha modeli (dasturiy, virtual ishlanmasi, maketi va hokazo) ishchi holatda. Loyiha modeli barcha elementlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan.
  •  
4
Loyihaning innovatsionligi va ijodiy yondashuv (1-20 ball)

Ishtirokchilarning loyiha yaratishda ijodiy yondashganligi, an’anaviy yondashuvlardan chiqib, innovatsion g‘oyalar qo‘llaganligi hamda yangi yechimlar va texnologiyalar qo‘llanganligi uchun loyihalarga yuqori ball beriladi.

  • 1-5 ball: Loyiha ijodiy yondashuvni o‘z ichiga olmaydi, odatiy usullar qo‘llanilgan. Loyihada yangilik mavjud emas.
  • 6-10 ball: Ishtirokchi loyihaga ijodiy yondashgan, lekin yangi texnologiyalar yoki innovatsion yondashuvlardan yetarlicha foydalanilmagan. Berilgan savollarga to‘liq javob bera olmagan.
  • 11-15 ball: Ishtirokchi loyihaga ijodiy va innovatsion yondashgan, loyihada yangicha g‘oya mavjud. Berilgan savollarga to‘liq javob bera olmagan.
  • 16-20 ball: Ishtirokchi loyihaga ijodiy va innovatsion yondashgan, loyihada yangicha g‘oya mavjud. Barcha savollarga aniq va to‘liq javob bergan.
5
Loyihani amalga oshirishda kutilayotgan natijalar (1-20 ball)

Loyihaning real muammolarni hal qilishga yoki mavjud jarayonlarni yaxshilashga qo‘shadigan hissasi, loyihaning texnik va iqtisodiy jihatdan amalga oshirish imkoni mavjudligi, loyihaning mavjud analog (shunga o‘xshash mahsulot)laridan afzalligi baholanadi.

  • 1-5 ball: Loyiha real muammolarni hal qilishga yo‘naltirilmagan yoki kutilayotgan natijalar mavhum.
  • 6-10 ball: Loyiha real muammolarni qisman hal qilishga yo‘naltirilgan, ammo loyiha texnik va iqtisodiy jihatdan amalga oshirish imkoni mavjud emas.
  • 11-15 ball: Loyiha real muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan, texnik va iqtisodiy jihatdan amaliyotga tadbiq etish imkoni mavjud, lekin mavjud analog (shunga o‘xshash mahsulot)laridan afzallikka ega emas.
  • 16-20 ball: Loyiha real muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan, texnik va iqtisodiy jihatdan amaliyotga tadbiq etish imkoni mavjud, mavjud analog (shunga o‘xshash mahsulot)laridan afzalliklarga ega.

Jami 100 ballik sistemada baholanasiz.

Baholash mezonlari natijasiga ko‘ra teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, ya’ni bir nechta o‘quvchilar bir xil umumiy ball to‘plaganda, loyihada ishtirok etadigan o‘quvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
– loyiha ishtirokchilarining soni inobatga olinadi, bunda dastlab individual ishtirokchiga, so‘ngra a’zolari kam bo‘lgan jamoaga ustunlik beriladi;
– tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq (jamoaning o‘rtacha yoshi) ishtirokchilarga ustunlik beriladi.