2024-yilning 1-oktabridan boshlab, O‘zbekiston bo‘ylab “Ixtirochilikka qadam” tanlovining birinchi bosqichi rasman boshlandi. Bu bosqichda maktab o‘quvchilari ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda ijodiy g‘oyalarini namoyish etishlari mumkin. Ishtirokchilar o‘z loyihalarini maktab miqyosida taqdim etib, g‘oliblar keyingi bosqichlarga yo‘llanma oladi.